16 may kuni Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyevni Amerika Qöşma Ştatlari Prezidenti Donald Tramp qabul qildi. Prezident Mirziyoyevning Oq uyga ilk tarixiy taşrifi Özbekiston bilan AQŞ örtasidagi strategik şeriklikning yangi davrini boşlaşga turtki berdi, deb xabar bermoqda Özbekiston Respublikasi Prezidentining Matbuot xizmati.
Prezident Tramp Şavkat Mirziyoyevni “Tolibon” afğon hukumati bilan tinç muzokaralarni boşlaşi lozimligi töğrisidagi yagona pozitsiyasi tasdiqlangan “Tinçlik jarayoni, xavfsizlik sohasida hamkorlik va mintaqaviy şeriklik” mavzusidagi Toşkent xalqaro konferensiyasi muvaffaqiyatli ötkazilgani bilan qutladi. Şavkat Mirziyoyev va Donald Tramp Afğoniston xavfsizlik kuçlari va tinç aholisiga qarşi qaratilgan jirkanç terrorçilik hujumlarini qattiq qoraladilar hamda Afğoniston duç kelayotgan xavf-xatarlarga barham beriş böyiça muloqotni kengaytirişga sodiq ekanliklarini bildirdilar.
Mirziyoyev Afğoniston hukumatini töliq siyosiy qöllab-quvvatlaşini qayd etdi hamda 2017 yil dekabrda Afğoniston Prezidenti Aşraf Ğanining Özbekistonga taşrifi, uning yakuni böyiça ikki hukumat örtasida savdo aylanmasini köpaytiriş va öta muhim infratuzilmaviy loyihalarni amalga oşiriş yuzasidan bir qator bitimlar imzolanganiga e'tibor qaratdi. AQŞ davlat rahbari Özbekistonning mintaqaviy iqtisodiy jarayonlarda muhim rol öynayotganligini e'tirof etib, mamlakatning Afğoniston bilan savdo-iqtisodiy aloqalarni kengaytirişga qaratilgan sa'y-harakatlarini olqişladi. U Özbekiston tomonidan rejalaştirilayotgan Afğonistondagi temir yöl va infratuzilmaviy loyihalarni amalga oşirişga siyosiy va konsultativ kömak körsatişga tayyorligini bildirdi.
Prezident Şavkat Mirziyoyev Afğonistonda tinçlik va barqarorlikka erişişga hissa qöşayotgan Şimoliy ta'minot tarmoğini qöllab-quvvatlaşda davom etişini tasdiqladi. Özbekiston va AQŞ Afğoniston bilan çegaralar xavfsizligini ta'minlaş hamda giyohvandlik vositalari noqonuniy muomalasining oldini olişda yaqindan hamkorlik qilişlari e'tirof etildi.
Ikki davlat rahbarlari ekstremizm va xalqaro terrorizmni qoraladilar hamda umumiy tahdidlarga qarşi kuraşiş böyiça hamkorlikni kengaytirişga intilişlarini qayd etdilar. Ular, şuningdek, ikki tomonlama hamkorlikni kengaytiriş va mintaqaviy xavfsizlikni ta'minlaşga qaratilgan kelişuvlarni amalga oşirişga sodiq ekanliklarini bildirdilar hamda beş yilga möljallangan ilk harbiy hamkorlik Rejasini amalga tatbiq qiliş orqali mudofaa sohasidagi aloqalarni mustahkaş muhimligini ta'kidladilar.








