Isroil harbiy-havo kuçlari HAMASning Ğazo sektori şimoliy qismidagi pozitsiyalariga zarba berdi. Bu haqda RIA «Novosti» Isroil armiyasi xabariga asosan yozmoqda.
«Biroz vaqt muqaddam Isroil HHK qiruvçilari HAMASning şimoliy Ğazodagi terrorçilik obektlarini aniq nişonga oldi. Törtta obektda terrorçilik infratuzilmasi binolari bor edi, yana uçtasi – qurol işlab çiqariş böyiça obektlar», - deya xabar qilişgan armiyadan.
Armiya bayonotida ta'kidlanişiça, hujum yirik kalibrli pulemyotlardan öt oçilganiga javob böldi. Isroilning taxminiça, ular Sderot şahrini nişonga olişmoqçi bölişgan. Şuningdek, Isroil armiyasining qöşimça qilişiça, sektorda bir neça marotaba otişma bilan yuz bergan hujumlar kuzatildi.
Eslatib ötamiz, avvalroq Arab davlatlari ligasi Al-Quds böyiça favqulodda yiğiliş ötkazişi xabar qilingandi.














