Foto: Prezident matbuot xizmati

Prezident Şavkat Mirziyoyev va Prezident Donald Tramp muzokaralarni ikki mamlakat delegatsiyalari iştirokida davom ettirişdi, deb xabar beradi Özbekiston Respublikasi Prezidentining Matbuot xizmati. 

Unda asosiy e'tibor savdo-iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirişga qaratilgani aytilmoqda. Ma'lum qilinişiça, vazirlik va kompaniyalar, işbilarmon doiralar örtasidagi aloqalarni faollaştiriş, yuqori texnologiyalar, savdo-sanoat, yoqilği-energetika, transport va boşqa sohalarda qöşma investitsiyaviy loyihalarni amalga oşiriş masalalari muhokama qilindi. 

Savdo sohasida eng köp qulaylik yaratiş tartibi joriy qilinganiga qaramay, özaro tovar ayirboşlaş hajmi imkoniyat darajasida emas. 2017 yilda bu körsatkiç 210 million dollardan biroz oşgan. Amerikadek rivojlangan va Özbekistondek rivojlanayotgan mamlakat iqtisodiyoti aslida bundan ança köproğiga qodir. Şavkat Mirziyoyev ikki tomonlama hamkorlikning şu kabi jihatlarini tahlil qilib, foydalanilmayotgan imkoniyatlarni, özaro manfaatli va istiqbolli tarmoqlarni körsatib ötdi. 

Özbekistonda xorijiy valyutalar konvertatsiyasi oçilgani, yangi va zamonaviy investitsion muhit yaratilgani, töğridan-töğri sarmoyalar davlat tomonidan kafolatlanişi ta'kidlandi. Mamlakatimizda yuqori texnologiyali loyihalarni amalga oşiriş uçun AQŞning yirik kompaniyalari sarmoya va texnologiyalarini jalb qilişga kelişib olindi.

Muzokaralar söngida Prezident Donald Tramp Prezident Şavkat Mirziyoyevni kuzatib qöydi.​

Foto: Prezident matbuot xizmati
Foto: Prezident matbuot xizmati