Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Terrorizmga qarshi kurashish bo‘yicha O‘zbekiston-Hindiston qo‘shma ishchi guruhi VII kengashi o‘tkazildi
2018 yil 15-16 may kunlari Terrorizmga qarshi kurashish bo‘yicha O‘zbekiston-Hindiston qo‘shma ishchi guruhining VII kengashi doirasida Hindiston Tashqi ishlar vazirligining Terrorizmga qarshi kurashish departamenti boshlig‘i Maxavir Singxv boshchiligidagi delegatsiya O‘zbekistonga tashrif buyurdi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabar qilmoqda.
Kengashni O‘zbekiston tomonidan Ichki ishlar vazirligi Terrorizm va ekstremizmga qarshi kurashish bosh boshqarmasi boshlig‘i Doniyor Qodirov boshqardi. Kengashda Hindiston Ichki ishlar va tashqi ishlar vazirligi, Milliy xavfsizlik Kengashi, Milliy tergov agentligi va boshqa idoralar vakillari qatnashdi.
Mazkur Kengashda O‘zbekiston tomonidan Ichki ishlar vazirligi, Davlat xavfsizlik xizmati, Tashqi ishlar vazirligi hamda Vazirlar Mahkamasi qoshidagi giyohvand moddalarni nazorat qilish bo‘yicha milliy axborot-tahlil markazi vakillari ishtirok etdilar.
Shuni ta'kidlash kerakki, VII Kengash 2003 yildagi O‘zbekiston va Hindiston hukumatlari o‘rtasidagi xalqaro terrorizmga qarshi kurashish bo‘yicha qo‘shma ishchi guruhini tuzish to‘g‘risidagi Kelishuvga asosan o‘tkazildi.
Ushbu tadbir davomida xalqaro terrorizmga qarshi kurashish yo‘nalishidagi muammolar, Markaziy va Janubiy Osiyodagi xavfsizlik tahdidlari, aholining radikallashuvi muammolari hamda Birlashgan Millatlar Tashkiloti va Shanxay Hamkorlik Tashkiloti doirasidagi ikki davlat o‘rtasidagi hamkorlik masalalari muhokama qilindi.
Muhokamalar so‘ngida tomonlar har tomonlama manfaatli hamkorlikni yo‘lga qo‘yish va rivojlantirish borasida bor imkoniyatlarini ishga solish bo‘yicha kelishuvga erishdilar.
Mavzuga oid
12:27 / 06.02.2026
O‘zbekiston Hindistondan ayrim tovarlar importini vaqtincha chekladi
15:33 / 05.02.2026
Hindistonda bolalarning ijtimoiy tarmoqlardan foydalanishini cheklash bo‘yicha chaqiriqlar kuchaymoqda
15:26 / 04.02.2026
Kreml: Hindiston Rossiya neftini xarid qilishdan voz kechgani haqida xabar bermadi
12:04 / 03.02.2026