Urganç davlat universitetida talabalar uçun oxirgi bir neça oy içida ikkinçi marta yangi forma talabi joriy etilmoqda.
Kun.uz'ga kelib tuşgan audioda oliygoh mas’ullaridan biri ekani aytilgan şaxs talabalarga yangi forma masalasida körsatma bergan.
“Universitetimiz “jensoveti” (xotin-qizlar qömitasi – tahr.) forma rasmlarini taşlabdi. Öğil bolalar töq kök rangli kostyum-şim, qizlar yubka-koftadan ikki variantdan birini tanlab tiktirişi şart. Boşqa muhokama, “men oldim, men qöydim, nima qilay?” degan gaplar bölmaydi. Universitet talabi qöyildimi – bajarişga majburmiz. Bugundan harakatni qiling, şu formani tiktirib kiyasizlar”, – deyiladi audioda.
Şuningdek, universitet guruhlarida öqituvçi-tyutorlarga talabalarning kiyim ölçamlarini yiğiş böyiça topşiriq berilgani aytilmoqda.
Manbaga köra, joriy yil aprel–may oylarida ham UrDU talabalari uçun yangi forma joriy qilingan. Unda adras matoli forma talab qilingan bölsa, oradan bir neça oy ötib, yangi öquv yili arafasida yana boşqa – kök va oq rangli forma xarid qiliş talabi qöyilyapti.
Forma – tartib masalasimi yoki ortiqça xarajat?
Özbekiston oliy ta’lim tizimida talabalarning formasi masalasi uzoq yillardan beri bahs va muhokamalar markazida bölib keladi.
Ikki yil oldin Toşkent davlat pedagogika universitetida dekan örinbosari talab qilingan dizayndagi formani sotib oliş va kiyiş böyiça talabalarga bosim ötkazgan edi.
Ötgan öquv yilida esa Jurnalistlika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetida bir guruh talabalar formasi yöqligi uçun darsga kiritilmagani aytilgan, ma’muriyat esa ular darsga keçikib kelgani sababli oliygohga qöyilmaganini bildirgandi.
Mazkur muhokamalarda Oliy ta’lim vazirligi sönggi yillarda mudom bir fikrni aytib keladi: talabalarning kiyinişi yuzasidan har bir OTM öz içki tartib-qoidalaridan kelib çiqib talab belgilaşga haqli.
Şu bilan birga, vazirlik tomonidan talabalar formasi böyiça OTMlarga talab qöyilmasligini aytib keladi.
Biroq bu yerda boşqa savol paydo böladi:

















