Amerikalik sarmoyaçi va tadbirkor, Pay Pal tölov xizmati asosçilaridan biri Piter Til töliq suvda joylaşadigan ilk davlat qurilişi uçun 50 mln dollar ajratmoqçi. Tadbirkor yirik olimlar va arxitektorlar bilan hamkorlikda va Polineziya hukumati qöllab-quvvatlovida aholisi 300 ta yirik obektda joylaştiriladigan mini-davlat yaratmoqçi.
Uorvik universitetining loyiha ustida işlayotgan olimlari sun'iy orol-davlat özining raqamli valyutasi Vayron bilan mutlaq mustaqil davlat yaratişga imkon beradi, deb hisoblamoqdalar. Loyiha eng zamonaviy puxta materiallar va energiya tejovçi texnologiyalar: quyoş panellari va yuqori siğimga ega elektr energiya saqlagiçlar qöllangan holda bajariladi.
Butun obekt himoya tösiği bilan öralgan 118 ta oroldan iborat yaxlit konstruksiyadan iborat böladi. Uşbu antiqa majmuani Taiti orollari yonida quriş rejalaştirilmoqda.








