Amerikaning Walt Disney Pictures studiyasi polineziyalik bolakay libosining savdosini töxtatişga qaror qildi. U, yangi "Moana" multfilmi taqdimoti oldidan maxsus çiqarilgan edi. Bunga Polineziya qadriyatlarini masxara qiliş ayblovi ilgari surilgani sabab bölgan.
Libosni tanqid qilganlar: "bizning terimiz – libos emas" va "oq tusli liboslar oq rangli qahrmonlarni anglatmaydi-ku" qabilidagi sözlarni bildirişgan.
Gap şundaki, ust-boş kiyim Polineziya aholisining terisi rangida, mallatusdagi matodan tikilgan kombinezondir. U, an'anaviy tana suratlari, ösimlikli yubka va suyaklardan yasalgan taqinçoqdan iborat. U, multfilm qahramonlaridan biri demiurg Maui timsoli bölişi kerak edi.
""Moana" ijodkorlari, multfilmni suratga olişga ilhom bağişlagan Tinç okeani orollari madaniyatiga hurmat bilan qaraydi. Şunga köra, bizning Maui libosimiz kimlarningdir hissiyotlariga salbiy ta'sir körsatgan bölsa, biz bundan afsusdamiz", - deyiladi kompaniya bayonotida.
"Biz uzr söraymiz va liboslarni saytimiz va dökonlarimizdan qaytarib olamiz", - deya qöşimça qilgan kompaniya rahbariyati.
Okeanorti sayohatiga yöl olgan qizaloqning sarguzaştlaridan hikoya qiluvçi "Moana" multfilmi şu yilning noyabr oyida katta ekranlarga çiqadi.









