O‘zbekiston | 23:10 / 21.05.2018
50049
4 daqiqa o‘qiladi

Mirziyoyevning Putin bilan muloqoti, 500 so‘mlikning taqdiri, «Bilayn»ning sudda yutqazishi, Farg‘onada sel va kunning boshqa xabarlari

Yakunlanib borayotgan 21 may, dushanba kuni O‘zbekiston va jahonda yuz bergan voqea-hodisalar hamda yangiliklarning eng muhimlari va eng saralari bilan KUN.UZ dayjestida tanishtiramiz.

Mirziyoyev va Putin telefon orqali muloqot qildi. Rossiya prezidenti shu yili O‘zbekistonga keladi

Foto: TVTsentr

Shavkat Mirziyoyev shu kuni  Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarboyev bilan telefon orqali suhbatlashdi. Davlat rahbarlari yuqori darajadagi muntazam uchrashuvlar va aloqalar davomida erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish doirasida O‘zbekiston-Qozog‘iston munosabatlarining dolzarb masalalarini muhokama qildilar.

O‘zbekiston xabarlari

Shavkat Mirziyoyevning Andijonga safari: Asosiy gaplar

Toshkentdagi avval yopib qo‘yilgan yana bir ko‘cha qayta ochilmoqda

Dollarning rasmiy kursi sentabrdan beri ilk marta 8000 so‘mdan pastga tushdi

Yangi haydovchilik guvohnomalari hududlarda 1 iyundan beriladi

Bosh prokuraturada yangi lavozim tayinlovlari ro‘y berdi

«Uralskiye avialinii» Rostov-Dondan Toshkentga parvoz qila boshlaydi

Sel Farg‘ona vodiysiga ham «bostirib keldi»


«Bilayn-O‘zbekiston» interkonnekt stavkasi bo‘yicha sud ishida UMS ’ga yutqazdi

Foto: Twitter

Kompaniya 26,9 milliard so‘mlik jarimani to‘ladi. «Bilayn» bosh direktori Dmitriy Shukov sud qaroriga izoh berib, UMS’ga misli ko‘rilmagan narsalarga imkon berilayotganidan zorlandi. Ayni vaqtda, BMTning Xalqaro elektroaloqa ittifoqi «Bilayn»ni qo‘llab-quvvatlagani aytilmoqda.


O‘zbekistonda 50 va 100 so‘mlik tangalar va 50, 100, 200 va 500 so‘mlik banknotalar muomaladan qaytarib olinadi

Foto: Telegram

Eski namunadagi 50 va 100 so‘mlik tangalarini, shuningdek 50, 100, 200 va 500 so‘mlik banknotalarini ayirboshlash hamda muomaladan qaytarib olish tartibi to‘g‘risidagi nizom Adliya vazirligida ro‘yxatdan o‘tkazildi. Ularning o‘rniga esa 2018 yil namunasidagi 50 so‘mlik, 100 so‘mlik, 200 so‘mlik va 500 so‘mlik tangalar muomalaga chiqariladi.


Jahon xabarlari

Nikolas Maduro Venesuelaga yana prezident bo‘ldi

Maduro raqibini xalqqa hurmatsizlikda aybladi

«Rossiya imperiyasidan uzoqroq bo‘lish». Poroshenko o‘z missiyasini aytdi

Amerikalik senator KXDRga harbiy harakatlar bilan tahdid qildi

«Siyosiy sharmandalik». Tramp Kim Chen In bilan uchrashuv borasida ikkilanmoqda

«To‘p Yevropa tomonida». Eron yadroviy bitimga rioya etish shartini ma'lum qildi

Xitoyda «ajrashuv solig‘i» ommalashmoqda

MRBning ilk ayol rahbari o‘z majburiyatlarini bajarishga kirishdi

Statistika: 2754 milliarder va qashshoqlikda yashovchi 760 mln kishi


Sport xabarlari

Gettyimages.ru/David Ramos

Inesta xayrlashuv uchrashuvini o‘tkazdi

Shvetsiya qatorasiga ikkinchi marotaba xokkey bo‘yicha jahon chempioni bo‘ldi 

YeChLga qaytish. Hal qiluvchi o‘yinda barchasi 3 daqiqa ichida o‘zgardi

Italiyada yevrokuboklarga yo‘llanma olgan va ligani tark etadigan jamoalar aniq bo‘ldi

Messi: Grizmanni «Barselona»da ko‘rishdan xursand bo‘laman

Ispaniya mundial uchun yakuniy tarkibni e'lon qildi

Belgiya JCh-2018 uchun kengaytirilgan tarkibni e'lon qildi

Argentina jahon chempionati uchun tarkibni e'lon qildi

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid