«Barselona» hujumçisi Lionel Messi mavsum yakunlari, şuningdek kataloniyaliklar klubiga «Atletiko» hujumçisi Antuan Grizmann kelayotgani haqidagi xabarlarga munosabatini bildirib ötdi.
«Yaxşi mavsum. Biz çempionatda va Ispaniya Kubogida ğolib çiqdik. Afsuski Çempionlar ligasidan erta çiqib ketdik, holbuki bizda yaxşi imkoniyat bölgandi. Umid qilamanki, keyingi mavsumda barçasi yaxşi böladi. Şu ruhda davom etişimiz kerak.
Menga Grizmanning öyini juda yoqadi. U hozirda eng yaxşilardan biri. Bu transfer töğrisida juda köp gapirilmoqda. Hammasi qanday yakunlanişini bilmayman, ammo «Barselona»dagilar hamişa yaxşi futbolçilarning kelişidan xursand bölişadi», — deya Messining sözlarini keltirgan Mundo Deportivo.












