AQŞ prezidenti Donald Tramp Şimoliy Koreya yetakçisi Kim Çen In bilan 12 iyunga rejalaştirilgan sammit böyiça xavotirda. Bu haqda The New York Times vaziyatdan xabardor manbalarga asosan ma'lum qildi.

Gazeta ma'lumotlariga köra, Tramp uçraşuv siyosiy şarmandalik bilan yakunlanişi mumkin ekanidan xavotirda, hamda öz yordamçilaridan bu borada qanday qadam qöyiş kerakligi lozimligini söramoqda. AQŞ prezidenti Pxenyanning sammitdan voz keçişga tayyorligi haqidagi bayonotlaridan ham hayratga tuşgan.

Bundan taşqari, Tramp Janubiy Koreya prezidenti Mun Çje Inga qönğiroq qilib, KXDRning sönggi bayonotlari nega avval aytilgan sözlarga mos kelmayotgani bilan qiziqqan.

Şu bilan birga, Qöşma Ştatlar prezidentining maslahatçilari Tramp möljallanayotgan sammitga juda katta qiziqiş bildirayotganidan taşvişdalar. Şuningdek, ular prezidentning Şimoliy Koreya yadroviy dasturi böyiça xabardorlik darajasiga işonçlari komil emas.

Biroq, gazetaning qayd etişiça, Tramp hozirgaça Kim Çen In bilan uçraşuvdan butunlay voz keçiş xohişida ekanini bildirmagan.

Eslatib ötamiz, avvalroq amerikalik senator KXDRga harbiy harakatlar bilan tahdid qilgandi.