Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Shavkat Mirziyoyev Nursulton Nazarboyev bilan ham suhbatlashdi
O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarboyev bilan telefon orqali muloqot qildi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar bermoqda.
Davlat rahbarlari yuqori darajadagi muntazam uchrashuvlar va aloqalar davomida erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish doirasida O‘zbekiston-Qozog‘iston munosabatlarining dolzarb masalalarini muhokama qildilar.
Mamlakatlar o‘rtasidagi savdo aylanmasi hajmini joriy yilda 3 milliard dollarga yetkazish, yaqin yillarda esa - 5 milliard dollarga chiqarish uchun imkon yaratib beradigan hajmlarning barqaror o‘sishi va o‘zaro savdo-sotiq nomenklaturasining kengayishi chuqur mamnuniyat bilan qayd etildi.
Ikki mamlakat o‘rtasida iqtisodiy va madaniy-gumanitar hamkorlik uchun mavjud katta salohiyatdan samarali foydalanishga yo‘naltirilgan mintaqalararo aloqalarni jadallashtirishga alohida e'tibor qaratildi.
Sanoat, energetika, transport va iqtisodiyotning boshqa tarmoqlarida istiqbolli qo‘shma loyihalarni amalga oshirishda o‘zaro manfaatdorlik tasdiqlandi.
Davlat rahbarlari ikki tomonlama hamkorlik bo‘yicha Qo‘shma hukumatlararo komissiyaning samarali faoliyatiga, shuningdek, Qozog‘istonda O‘zbekiston Respublikasi yili doirasida muvaffaqiyatli o‘tkazib kelinayotgan tadbirlarga yuqori baho berdilar.
Shuningdek, xalqaro siyosat va mintaqaviy hamkorlikning dolzarb masalalari yuzasidan fikr almashildi.
Muloqot so‘ngida Prezidentlar O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘rtasidagi do‘stlik, yaxshi qo‘shnichilik va strategik sheriklik munosabatlarini yanada mustahkamlash, qardosh mamlakatlarimiz va xalqlarimiz farovonligi yo‘lida o‘zaro manfaatli hamkorlikni kengaytirish maqsadida qat'iy ekanliklarini ta'kidladilar.
Mavzuga oid
17:42 / 06.07.2026
Qozog‘istonning bosh masjidi Nazarboyev sharafiga «Nursulton» nomini oldi
13:34 / 03.07.2026
Tbilisida O‘zbekiston elchixonasi ochiladi
12:25 / 03.07.2026
Shavkat Mirziyoyev Gruziya qahramonlari yodgorligiga gulchambar qo‘ydi
22:03 / 02.07.2026