Toşkent şahar iqtisodiy sudi UMS kompaniyasining Beeline uyali aloqa operatori bilan interkonnekt stavkasi böyiça iş yuzasidan quyi sud qaroriga oid şikoyatini qanoatlantirdi, deb xabar bermoqda Kun.uz muxbiri.
Avvalroq, Toşkent tumanlararo iqtisodiy sudi UMS’ning da'vosini qisman qanoatlantirib, ikki operator özaro hisob-kitoblarida interkonnekt stavkasini 42 sömdan 5 tiyinga pasaytiriş haqida qaror çiqardi. Şu bilan birga, sud yangi narxning 2017 yil 1 sentabridan boşlab amal qilişi böyiça rad javobi berdi. Kompaniya bu qarordan norozi böldi va şahar sudida şartnomaga yangi tarifning kuçga kirişi töğrisidagi özgartirişni kiritiş talabi bilan çiqdi.
Natijada, yuqori sud instansiyasi UMS tomonini oldi: şartnomaning interkonnekt qiymati böyiça şartlarning özgarişi tumanlararo sud qarorining kuçga kirgan paytidan emas, balki davlat operatori talab qilganidek, ötgan yildan joriy etiladi.
Şunday qilib, yangi stavka orqa sana bilan amal qiladi, Beeline esa UMS’dan tarifning qayta hisob-kitob qilinişi tufayli 16,3 mlrd söm debitorlik qarzi kam böladi. Beeline’da bu qarorni misli körilmagan deb ataşdi hamda Fuqarolik kodeksining 385-moddasiga tayanişgan.
Unitel (Beeline savdo markasi) boş direktori Dmitriy Şukov sud qaroriga izoh berib, bu yil Beeline foydasiga davlat organi yoki davlat operatoriga qarşi qabul qilingan birinçi instansiya sudining qarorini ikkinçi marotaba bekor qilişganini ta'kidlab ötdi.
«Bu raqobat muhitiga ijobiy ta'sir qilmaydi, hamda jahon amaliyoti va investorlar huquqlarining himoyasiga ziddir. Afsuski, davlat operatorlarining manfaatlari xususiy kompaniyalarning qonuniy huquqlaridan ustun turgani yana bir bor tasdiqlandi», - deya qayd etib ötdi u.
Şu bilan birga, Şukovning sözlariga köra, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantiriş vazirligi interkonnekt stavkasini tartibga soliş böyiça va'dasini bajarişga şoşilmayapti. Qonunçilikka köra, nizo holatlarida vazirlik aralaşişi kerak va rentabellik doirasida yagona narxni örnatişi lozim. Vazirlik vakilining sudda tasdiqlaşiça, tartibga soluvçi idora barça operatorlar uçun yagona tarif belgilamagan. Sudyaning bu nega haligaça qilinmagani böyiça savoliga, u jarayon juda murakkab ekani hamda bunda şoşib bölmaslikni aytgan. Biroq, Beeline vakillariga köra, bu iş vazirligi mutaxassislari tomonidan 2017 yil oktabridan beri amalga oşirilmoqda.
«Afsuski, biz hozirça UMS’ga misli körilmagan narsalarga imkon berilayotganini körmoqdamiz – amaldagi şartnomani orqa sana bilan qayta körib çiqiş, tölovlarni qariyb 800 barobarga qisqartiriş. Öylaşimça, bu davlat operatorining mablağlarini tejaydi, biroq şuni ta'kidlaş kerakki, davlat byudjyeti soliq tölovlarining katta qismini yöqotadi», - deya qöşimça qilib ötdi Şukov.













