Bugun, 21 may kuni, Özbekiston Respublikasi prezidenti Şavkat Mirziyoyevning Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan telefon orqali muloqoti bölib ötdi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar qilmoqda.

Muloqot avvalida davlat rahbari Vladimir Putinni yana bir bor Rossiya Federatsiyasi prezidenti lavozimiga kirişgani bilan tabrikladi va unga katta muvaffaqiyatlar tiladi.

Özbekiston-Rossiya döstlik, strategik hamkorlik va ittifoqçilik munosabatlarining jadal rivojlanişi va mustahkamlanişi, şuningdek, özaro manfaatli köp qirrali hamkorlikni kengaytiriş borasidagi özgarişlar çuqur mamnuniyat bilan qayd etildi.

Muloqot çoğida ikki davlat rahbarlari Rossiya Federatsiyasi prezidentining Özbekiston Respublikasiga davlat taşrifiga tayyorgarlik nuqtai nazaridan kun tartibidagi dolzarb masalalarni muhokama etdilar.

Ilgari erişilgan kelişuvlarni va savdo-iqtisodiy va sarmoyaviy sohalarda imzolangan, şu jumladan iqtisodiy hamkorlik böyiça Qöşma hukumatlararo komissiya doirasidagi bitimlarni amalga oşiriş muhimligi qayd etildi.

Şu munosabat bilan, energetika, metallurgiya, maşinasozlik, elektrotexnika sanoati va boşqa yuqori texnologiyali tarmoqlarda Rossiyaning yetakçi kompaniyalari va banklari iştirokidagi istiqbolli loyihalarni tayyorlaş masalasiga e'tibor qaratildi.

Mintaqalar darajasida jadal aloqalarni davom ettiriş va Toşkent şahrida joriy yilning kuzida Özbekiston hamda Rossiya birinçi Mintaqalararo forumini ötkazişga kelişib olindi.

Turizm va madaniyat almaşinuvini yanada kengaytiriş, ta'lim hamda soğliqni saqlaş sohasida özaro manfaatli dasturlarni amalga oşiriş zarurligi ta'kidlandi.

Davlat rahbarlari xalqaro siyosatning boşqa dolzarb masalalarini ham körib çiqdilar. Mintaqaviy xavfsizlik va barqarorlik masalalari böyiça fikr almaşildi.

Muloqot yakunida Özbekiston Respublikasi va Rossiya Federatsiyasi prezidentlari turli şakllarda yaqin hamkorlikni davom ettirişga tayyorliklarini tasdiqladilar.