Özbekiston Prezidenti Şavkat Mirziyoyev 19-20 may kunlari Andijon viloyatida böldi.
Taşrif doirasida 19 may kuni Uluğnor tumanida faollar yiğilişi bölib ötdi.
Quyida uşbu yiğilişda prezident tomonidan aytilgan eng asosiy jumlalar keltiriladi.
Prezident viloyat hokimi Şuhrat Abdurahmonov faoliyatiga yuqori baho berdi va uning hokimligi Andijon xalqining baxti ekanini aytdi.

Yiğilişda sobiq boş prokuror, Jinoyat Kodeksining 165, 205 va 210 moddalari bilan jinoyat işi qözğatilgan Raşid Qodirov yana bir bor tilga olib ötildi.

Prezident Raşid Qodirovning qilmişlaridan boxabar bölgan holda Milliy xavfsizlik xizmati bunga köz yumgani, demakki unga şerik bölgani haqida aytib ötdi.

MXX örnida taşkil etilgan Davlat xavfsizlik xizmati haqida iliq fikrlar bildirildi. Ma'lum qilinişiça, DXX xodimlarining maoşlari oşiriladi.

Prezident Şavkat Mirziyoyev öz nutqi davomida işsizlik va özini qiynayotgan taşviş, xorijda işlayotgan mehnat muhojirlari haqida ham töxtalib ötdi.

Şavkat Mirziyoyev sobiq amaldorlarning lavozimga qaytarilişini öziga xos tarzda izohladi.

Prezident Asakadagi birgina maşina zavodi işsizlikni hal qilib bera olmasligi töğrisida gapira turib, bu zavoddan 10tasini quriş kerakligi, raqobat muhiti hosil qiliş kerakligi, aks holda bu zavoddan foyda yöqligini qöşimça qilib ötdi.




















