Ispaniya terma jamoasi bosh murabbiyi Xulen Lopetegi 2018 yilgi jahon chempionatiga boradigan 23 futbolchi nomini ma'lum qildi.

Darvozabonlar: David de Xea («Manchester Yunayted»), Kepa Arrisabalaga («Atletik), Xose Reyna («Napoli»).

Himoyachilar: Jyerar Pike, Jordi Alba (ikkisi – «Barselona»), Serxio Ramos, Daniel Karvaxal, Nacho (barchasi – «Real»), Sesar Aspilikueta («Chelsi»), Nacho Monreal («Arsenal»), Alvaro Odriosola («Real Sosedad»).

Yarim himoyachilar: Marko Asensio, Isko, Lukas Vaskes (barchasi – «Real»), Serji Buskets, Andres Inesta (ikkisi – «Barselona»), Koke, Saul Niges (ikkisi – «Atletiko»), Tiyago Alkantara («Bavariya»), David Silva («Manchester Siti»).

Hujumchilar: Yago Aspas («Selta»), Rodrigo («Valensiya»), Diyego Kosta («Atletiko»).

Ispaniya terma jamoasining yakuniy tarkibidan Alvaro Morata, Sesk Fabregas, Markos Alonso, Pedro Rodriges (barchasi – «Chelsi») va Ektor Belerin («Arsenal») kabi futbolchilarga joy topilmadi.

2018 yilgi jahon chempionati guruh bosqichida Ispaniyaga Portugaliya, Eron va Marokash terma jamoalari raqiblik qiladi.