Venesuelaning amaldagi prezidenti Nikolas Maduro 20 may kuni ötgan prezidentlik saylovlarida ğolib böldi. Bundan teleefirda Milliy saylov kengaşi rahbari ma'lum qilgan ma'lumotlar darak bermoqda.

Ayni vaqtda byulletenlarning 90 foizdan köproği körib çiqilgan. Maduroga 5,8 mln kişi, uning ortidan kelayotgan Enri Falkonga 1,8 mln kişi ovoz bergan.

Ta'kidlanişiça, saylovlar biror-bir jiddiy hodisasiz ötgan. Saylovda qatnaşişga 20,5 mlndan köproq fuqaro taklif qilingan, biroq davomat 46 foizdan biroz köproqni taşkil qilgan. Avvalgi prezidentlik saylovlarida davomat yuqori bölib, 80 foizni taşkil qilgan.