Ayni kunlarda Qaşqadaryo SSM DK va Honeywell​ kompaniyasi Rossiyadagi rasmiy distribyutorlari örtasida Gazoanalizatorlarni qiyoslaş uçun foydalaniladigan gaz aralaşmalarini işlab çiqarişni taşkil etiş yuzasidan qöşma korxona oçiş böyiça muzokaralar olib borilmoqda, deb xabar beradi “Özstandart” agentligi.

Ma'lum qilinişiça, 18 may kuni Qaşqadaryo sinov va sertifikatlaştiriş markazi davlat korxonasida Honeywell​ kompaniyasining Rossiyadagi rasmiy distribyutorlari bilan birgalikda, Qaşqadaryo hududida neft va gaz sohasida faoliyat yuritayotgan yirik korxonalar, jumladan Lukoil Uzbekistan Operating company​ MÇJ, Enter Engineering Pte Ltd, Eriell ​kompaniyasi, Muborakneftgaz MÇJ, Şörtanneftgaz MÇJ, Muborak GKIZ MÇJ, Şörtan gaz kimyo majmuasi MÇJ, Gissarneftgaz QK MÇJ vakillari hamda markaz rahbariyati iştirokida Gazoanalizatorlarni qiyoslaş uçun foydalaniladigan gaz aralaşmalarini işlab çiqariş böyiça qöşma korxona oçiş yuzasidan muzokaralar olib borildi.

“Kun tartibidagi masala yuzasidan Honeywell​ kompaniyasining Rossiyadagi rasmiy distribyutorlari - “Tandes” kompaniyasi boş direktori Koryavina Natalya Yuriyevna hamda gaz tahlili yönalişi böyiça boşqaruvçi Ritov Oleg Viktoroviç öz ma'ruzalari bilan çiqiş qilişdi. Yiğilişda markaz direktori U.Amirqulov, metrologiya bölimi boşliği J.Tadjiyev va boşqalar mazkur masala yuzasidan öz fikr va takliflarini bayon etişdi”, deyiladi agentlik xabarida.

Qöşma korxona taşkil etilsa bugungi kunda Özbekistonda neft va gaz sohasi böyiça dolzarb bölib turgan gazoanalizatorlarni qiyoslaş uçun foydalaniladigan gaz aralaşmalari çet davlatlardan olib kelinmasdan, mahalliy işlab çiqariş yölga qöyiladi.