«Arsenal»ning yangi boş murabbiyi Unai Emeri bölişi tasdiqlandi. Bu haqda londonliklar klubi rasmiy saytida ma'lum qilingan.

Ispaniyalik mutaxassis uşbu lavozimda 22 yil işlab kelgan Arsen Vengerni almaştirmoqda.
Hozirça kelişuvning barça jihatlari oşkor etilmayapti. Tomonlar yaqin vaqt içida rasman şartnoma imzolaşi kutilmoqda.
OAV ma'lumotiga köra, uşbu 46 yoşli mutaxassis bilan «2+1» körinişida şartnoma imzolanib, unga yiliga 5 million funtlik maoş tayinlanadi.



Ötgan mavsumni «PSJ»da ötkazgan uşbu mutaxassis jamoa bilan Fransiya çempioni böldi va kuboklarni qölga kiritdi. Ammo Çempionlar ligasidagi natija rahbariyatni qoniqtirmadi va u bilan şartnoma uzaytirilmadi. Uşbu murabbiy turli davrlarda «Lorka Deportivo», «Almeriya», «Valensiya», «Spartak» va «Sevilya» klublarini ham boşqargan.











