Al-Quds işlari böyiça vazir Zeev Elkinning ma'lum qilişiça, Falastin bilan nizo, agarda arab tomoni Al-Qudsga da'vogarlik qilişdan voz keçsa, hal etilişi mumkin. Bu haqda u «Izvestiya» gazetasiga bergan intervyusida ma'lum qildi.

«Al-Quds Isroilning poytaxti sifatida tan olinmasa, tinç yeçim topiş böyiça heç qanday jarayon yuz bermaydi. Aynan elçixonani köçirişdan voz keçiş falastinliklarda şunday illyuziyani keltirib çiqarmoqdaki, bunda Isroilning Al-Qudsdagi poytaxtdan ehtimoliy boş tortişi böyiça tinç yeçim topiş varianti kun tartibiga çiqadi. Biroq, Isroil hukumati bunga bormaydi», — dedi Elkin.

Uning qöşimça qilişiça, Isroil tomoni Al-Qudsda Rossiya diplomatik missiyasi oçilişidan xursand böladi. Elkinning ta'kidlaşiça, buning uçun mos joy bor – Eski şahar yonidagi qadimiy Rus karvonsaroyi.

Avvalroq, 10 mingga yaqin falastinlik Isroil bilan Ğazo sektorining ma'muriy çegarasi hududida töplangani xabar qilingandi. Ayrim namoyişçilar çegara tösiğidan ötişga urindilar. Bundan taşqari, Al-Qudsda AQŞning yangi elçixonasi oçilişi falastinliklarning noroziligiga sabab böldi. Ğazo sektorining ma'muriy çegarasida sodir bölgan tartibsizliklarda halok bölganlarning soni 60dan oşib ketdi, 2400dan ortiq falastinliklar yaralandi.

Eslatib ötamiz, bundan avval Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdöğan Isroil boş vaziri Binyamin Netanyahuni aparteidda ayblagandi. 
 
Şuningdek, Tojikiston ham Ğazo sektori böyiça bayonot bilan çiqdi.