Forbes Qozoğistonning xabar berişiça, Qozoğistonning eng yirik banklaridan biri, Rossiya, Gruziya, Tojikiston va Qirğizistonda bölinmalarga ega bölgan bölgan Halyk Bank («Xalq banki») Toşkentda öz şö'basini taşkil etişi mumkin. Uşbu bankning Qazkom bilan birlaşuvdan söng aktivlari hajmi 24 mlrd dollarga yetadi.

bank boşqaruvi raisi Umut Şayaxmetova
Foto: Vladimir Tretyakov

Hujjatlar töplami tayyorlandi, tartibga soluvçi idoraning muvofiqlaştirişi kerak, deya xabar berdi bank boşqaruvi raisi Umut Şayaxmetova jurnalistlarga.

«Halyk Group nafaqat Qozoğistonda, balki MDH hududidagi bozorda ham katta örin va uluşga ega. Biz hududiy miqyosda katta moliyaviy guruhni taqdim eta olamiz. Bizga Özbekiston qiziq. Ha, muzokaralar olib bordik. Biz Qozoğiston Milliy bankiga va Özbekiston Milliy bankiga Özbekistonda filial oçiş uçun ruxsat olişga taqdim etiluvçi hujjatlarni töplayapmiz», - dedi Umut Şayaxmetova. 

Foto: Vladimir Tretyakov

Bank rahbari Özbekiston bozoriga kiriş böyiça aniq muddatlarni aytmadi. Uning xabar qilişiça, Halyk Bank tezroq startdan manfaatdor, biroq hujjatlar töplaş jarayoni va tartibga soluvçi idora bilan kelişiş uzoq çözilib ketişi mumkin.
 
Bank Özbekiston fond birjasida operatsiyalar amalga oşirişni rejalaştirmayapti. Umuman olganda, Umut Şayaxmetovaning sözlariga köra, yangi bozorga kiriş katta qiziqiş uyğotmoqda. Özbekistonning yangi prezidenti iqtisodiy islohotlari meva bermoqda.

«Bank Qozoğiston işbilarmonlarida Özbekistonga sarmoya kiritiş böyiça katta qiziqiş borligini köryapti», - dedi u.