Alloh taolo har bir bandasiga taqdiri ilohiy ato etgan. Xalq orasida “peşonada yozilgani böladi” iborasi ana şu hikmatdan kelib çiqqan. Mana şu taqdir hikmatiga muvofiq kimdir boy va yana kimdir kambağaldir. Boylik yaxşi holat, ammo uning öziga xos mas'uliyati va majburiyati bor. Öziga töq kimsa, doim nafaqa qilişi, baxil bölmasligi va saxovatli bölişi lozim. Ana şunda u Alloh tomonidan öziga berilgan mol-davlat ne'matining haqini ado etgan böladi. Xöş, nafaqa kimlarga va qanday tartibda beriladi?

Alloh taolo özining kalomi Qur'oni karimning Baqara surasi, 215-oyatida quyidagiça marhamat qiladi: “Sendan nimani nafaqa qilişni sörarlar. “Nafaqa qilgan yaxşiligingizdan ota-onalarga, yaqin kişilarga, yetimlarga, miskinlarga va musofirlarga bölsin. Qanday yaxşilik qilgan bölsangiz, albatta, Alloh uni biluvçidir”, deb ayt”.

Ya'ni, Alloh qilinadigan barça sadaqa va yaxşiliklar eng yaqin odamlardan: ota-ona, qarindoş-uruğlardan boşlab, keyin yetimlarga va muhtoj odamlar hamda musofirlarga qilinişi kerakligini buyuryapti. Va Alloh bizga şuni eslatyaptiki, nimaiki yaxşi amal qilsak (kiçik yoki katta), Alloh, albatta, bu narsani biladi va bunga mukofot muqarrardir (şu şart bilanki: agar qilingan amal faqat Allohning roziligi uçun bajarilgan va Payğambarimiz (s.a.v) körsatgan sunnatlariga muvofiq bölsa.

Alloh bizga öz sevgan narsalarimizdan Alloh yölida sadaqa qilmagunimizça oliy darajadagi mukofotga (ya'ni, jannatga) erişa olmasligimizni bildirib qöygan. Kalomullohning Oli Imron surasi, 92-oyatida bu haqda şunday marhamat qilinadi: “Özingiz suygan narsadan nafaqa qilmaguningizça, hargiz yaxşilikka erişa olmassiz. Nimani nafaqa qilganingizni Alloh biluvçidir”. 

Ba'zi odamlar uçun namoz öqiş, röza tutiş, haj qiliş oson bölişi mumkin, lekin ular öz mol-mulklarini juda sevib boşqalar bilan bölişişni xohlamasliklari mumkin. Şunday odamlarga Alloh xitob qilib aytyaptiki, özlari sevgan narsalardan ham Alloh yölida sarf qilişlari kerak. Kimlargadir bu pul bölişi mumkin va yana kimlargadur özlariga aziz bölgan vaqtlari, boğu roğlari, ulovlari va hokazo narsalaridir.

Yuqorida ta'kidlanganidek, baxillik mömin-musulmonlarga xos bölmagan xislatdir. Alloh nazdida baxil kimsalarning darajasi qanday? Niso surasining 37 va 38-oyatlarida Alloh taolo şunday marhamat qiladi:

“Ular baxillik qiladigan, odamlarni baxillikka buyuradigan va Alloh ularga Öz fazlidan bergan narsalarni berkitadiganlardir. Va kofirlarga xorlovçi azobni tayyorlaganmiz. Ular mollarini kişilar körişi uçun sarflarlar. Hamda Allohga va qiyomat kuniga iymon keltirmaslar. Kimning yaqini şayton bölsa, u qanday ham yomon yaqin!”