Bugun futbol tarixidagi eng mash'um voqealardan biriga 33 yil to‘ldi. 1985 yil 29 may kuni Yevropa Chempionlar Kubogi finali emas, qonli bir voqeaning sanasi o‘laroq muhrlandi.

«Bugungi voqea Yevropa Chempionlar kubogiga barham bermaydi, ammo har qanday holatda ham futbol katta mag‘lubiyatga uchradi», - degandi UYeFA prezidenti Jak Jorj «Yuventus» klubiga Chempionlar Kubogini topshirayotib. Marosim juda oddiy sharoitda, aniqrog‘i «Eyzel» stadionining turinliklar uchun ajratilgan yechinish xonasida bo‘lib o‘tdi.

Sezdingiz, bugungi suhbat futbol tarixidagi eng qora va qonli kunlardan biri sifatida qayd etilgan, 1985 yilning 29 mayida bo‘lib o‘tgan Chempionlar kubogining yubiley 30-finali, «Yuventus» va «Liverpul» o‘rtasidagi uchrashuvi oldidan bo‘lib o‘tgan voqealar haqida.

Foto: Getty Images

O‘yinni «Yuventus» ancha faol boshladi, barcha jabhalarda «Liverpul»ni ortda qoldirdi. 56-daqiqada esa inglizlar jarima maydonida Bonekni chalib yiqitdilar, Platini esa penaltini aniq amalga oshirdi va bu gol italiyaliklarga g‘alaba keltirdi. «Yuventus» futbolchilari maydon bo‘ylab zafarli aylanishni rad qildilar, butun jamoa bo‘lib muxlislari o‘tirgan tribunaga bordilar va tiz cho‘kdilar. Og‘ir bo‘lgandi juda. G‘alaba quvonchi tragediyaga almashgandi. Juda ko‘p insonlarning hayotiga zomin bo‘lgan bu g‘alaba jamoa tarixidan katta joy olishga haqlimi? Eslanishga arziydimi?

- Ha, - deb javob beradi o‘sha uchrashuv qahramonlaridan biri Mishel Platini, - bu g‘alaba haqida eslab turish lozim, umuman unutmaslik kerak. Shundagi bu kabi ko‘ngilsizliklarning oldi olinishi mumkin.

Foto: Getty Images

Umuman turnir boshidan «Yuventus» va «Liverpul» favorit sifatida e'tirof etilgan bo‘lishsa-da, mahalliy matbuot jamoalar haqida tanqidiy materiallar berishdan charchamasdi. «Yuventus» Kubok egalari kubogini yutgan bo‘lsa-da, jamoada salobat ko‘zga tashlanmayotgandi. Kubok egalari kubogi finali «Portu»ga qarshi kechgan uchrashuv haqida ham «La Gazzetta dello Sport» shunday yozgandi:

«Jamoaning rivojlanish o‘rniga moziy futboliga qarab ketayotgani g‘alati. O‘n yil oldindagidek himoyaviy futbol ko‘rsatgan «Yuve» bu kubok o‘zi uchun naqadar kerakligini, hatto muxlislarni go‘zal futboldan mosuvo qilishga ham arzishini tan olgandek bo‘ldi».

Yangi mavsum arafasida esa mahalliy nashrlar Skudettoni «Yuventus» emas, «Verona» qo‘lga kiritishini taxmin qila boshladilar. Mavsumni «Yuve» yomon boshladi, «Inter»dan Turindagi sharmandali mag‘lubiyatdan (0:4) keyin esa Trapatonni: