Italiya uçinçi divizionida (C seriya) iştirok etuvçi «Rimini» klubi prezidenti «Liverpul» darvozaboni, YeÇL finalidagi xatolari tufayli mağlubiyat boş sababçisiga aylangan germaniyalik darvozabon Loris Karius bilan boğliq vaziyatga kinoya bilan yondaşdi. «Real»ga qarşi final uçraşuvida mersisaydliklar jamoasi darvozabon xatosi tufayli 2 gol ötkazgan, yakunda 1:3 hisobida mağlubiyatga uçragandi.
«Biz unga oyoqqa turişida yordam bermoqçimiz. Kariusni «Rimini»ga taklif etişni istardik. Biz juda mehmondöstmiz.
Hamma ham xato qiladi. Uning omadi kelmadi. U millionlab odamlar köz öngida şarmanda böldi, unga 22 iyun kuni, tuğilgan kunida «Rimini» nomidan 1 yillik şartnoma sovğa qilmoqçiman. Bu unda öziga işonçni tiklaş va xotirjam böliş uçun eng ideal variantdir. Ammo u şuni bilişi lozimki, bu yerda öynaş uning uçun sayr etiş bölmaydi, u bu yerda buyuk darvozabon Françesko Skotti bilan raqobat qilişiga töğri keladi», deya prezident Jorjo Grassining sözlarini keltirgan klub rasmiy sayti.












