"Chelsi" sobiq yarim himoyachisi Frenk Lempard "Derbi Kaunti" bosh murabbiyi etib tayinlandi. Bu haqda klub rasmiy Twitter-sahifasi xabar berdi. 

2017/18 yilgi mavsumda "Derbi Kaunti" Chempionshipda 6-o‘rinni egalladi va Premer Liga uchun pley-off bahsida "Fulhem"ga mag‘lub bo‘ldi. 

Lempard 2017 yil fevralda faoliyatini yakunlagan edi.