Klub rasmiy sayti xabariga köra, Lempard mavsum yakuniga qadar jamoada boş murabbiy vazifasini bajaruvçi etib tayinlangan. U klubni tark etgan Grem Potter örnini egalladi.
Avvalroq, insayder Fabritsio Romano Frenk Lempardning mavsum yakuniga qadar jamoada boş murabbiy vazifasini bajaruvçi sifatida iş olib borişi hal qilingan masala ekani, angliyalik mutaxassisga uning jamoadagi sobiq şerigi Eşli Koul yordam berişi haqida xabar qilgandi.
Sky Spors xabariga köra, Lempard «Çelsi»dagi dastlabki maşğulotlarini bugun, 6 aprel kuni ötkazadi. U 8 aprel kuni «Vulverhempton»ga qarşi bahsda jamoani murabbiy sifatida boşlab tuşadi.
Eslatib ötamiz, Lempard «Everton»dan iste’foga çiqqaç, hozirgaça işsiz edi. U 2019-2021 yillarda «Çelsi» boş murabbiyi sifatida faoliyat yuritgan. Qolaversa, 2001-2014 yillar davomida londonliklar safida töp surgan.








