«Çelsi» rasmiy saytining ma'lum qilişiça, 2019 yildan buyon boş murabbiy sifatida işlayotgan 42 yoşli klub afsonasini iste'foga çiqariş qarorini qabul qiliş oson bölmagan.

«Frenk Lempardni iste'foga çiqariş qarorini qabul qiliş klub xöjayini va direktorlar kengaşiga oson bölmadi. Frenkning klubda erişgan natijalari va hamkorlik uçun undan minnatdormiz. Biroq jamoaning sönggi uçraşuvlardagi natijasi va öyini klub kutayotgan maqsadlarga mos emas. Jamoa turnir jadvali örtasida va «Çelsi»da ösiş kuzatilmayapti. 

Frenk singari klub afsonasi bilan xayrlaşiş uçun heç qaçon qulay fursat bölmaydi. Ammo uzoq muhokama va çuqur tahlillardan keyin klub hozir özgarişlarga muhtoj ekanligi va mavsumning qolgan qismida jamoa öyini va natijalar yaxşilanişi kerak degan xulosaga kelindi», - deyiladi klub bayonotida.

Avvalroq, The Athletic «Pari Sen-Jyermen» sobiq boş murabbiyi Tomas Tuxel Frenk Lempard örniga «Çelsi» boş murabbiyiga aylanişi haqida xabar berilgandi.

Ma'lumot uçun, Lempard 2019 yilning yozidan buyon «Çelsi» boş murabbiyi sifatida işlab kelayotgandi. Klub APL joriy mavsumida 19-turdan keyin 29 oçko jamğarib, 9-örinda bormoqda.