3 iyun kuni Muloqot.uz ijtimoiy tarmoği öz faoliyatini töxtatadi, deya xabar beradi Infocom.

Uşbu ijtimoiy tarmoqda röyxatdan ötgan foydalanuvçilar bugun ma'muriyatdan şu mazmunda xabar olişgan:

"Assalomu alaykum, hurmatli foydalanuvçi. Sizga şuni ma'lum qilamizki, Muloqot.uz ijtimoiy tarmoği loyihasi öz faoliyatini töxtatmoqda. Muloqot.uz 2018 yilning 3 iyunidan öz faoliyatini vaqtinça töxtatadi. Sizdan şaxsiy profilingizdan özingiz uçun zarur bölgan ma'lumotlar (foto, video, yozişmalar, musiqiy pleylist va b.)ni olişingizni söraymiz. Sayt ma'muriyati Muloqot.uz loyihasi faoliyatida faol iştirokingiz uçun öz minnatdorçiligini bildiradi".

Ta'kidlaş joizki, 2011 yilning 19 avgustida Özbekiston aloqa tarixi muzeyida Muloqot.uz ijtimoiy tarmoğining işga tuşişiga bağişlangan matbuot anjumani bölib ötgan edi. Tarmoq asosçilari - «Simple Networking Solutions» MÇJ bölgan.

Muloqot.uz ijtimoiy tarmoğining eng yaxşi faoliyat yillaridagi foydalanuvçilar soni 100 ming nafarni taşkil qilgan.