Afg‘oniston janubida armiya maxsus kuchlari jangarilar asiridan 105 kishini, jumladan ayollar va bolalarni ozod qildi. Bu haqda Gilmend viloyati gubernatori matbuot xizmatiga iqtibos keltirgan holda mahalliy OAV xabar bermoqda.   

Ma'lum qilinishicha, harbiylar asirlarni 31 mayga o‘tar kechasi maxsus reyd davomida toliblar “turmalari”dan ozod qilishgan. Amaliyot Gilmend viloyatidagi Sur-Kariz va Daboba aholi punktlarida o‘tkazilgan.

Ta'kidlanishicha, reyd davomida 4 jangari yo‘q qilingan, ularga qarashli mototsikllar va 10 ta qo‘lbola portlovchi qurilma, qurol va o‘q-dorilar qo‘lga kiritilgan.