Joriy mavsum Pro-ligada kutilmagan holda paydo bölgan “Iftixor” jamoasi haqida köp narsa bilmaymiz. Yoşlar ittifoqi taşkilotining jamoasi sifatida taniştirilgan klub Superliga yölida kuraş olib borişi aytilgan edi.

Jamoa Farğona viloyatining Oltiariq tumanida taşkil topgan. Ayni paytda “Iftixor” Pro-liganing “B”guruhida töqqizta öyin ötkazib, pastki poğonalardan birini band etib turibdi. Asad Dörmonov hamda Nodir Qöziboyev şogirdlari may oyida uçta öyin ötkazib, “Labsa” klubiga 2:1 hisobida yutqazgan bölsa, “Şerdor” klubi bilan mezbonda 1:1 öynab, mehmonda 3:2 hisobida mağlubiyatga uçradi.
Keça internet naşrlarida “Iftixor” klubi mutasaddilari tomonidan jamoaning ikki himoyaçisi Tursunboy Husanov hamda Hasanboy Ergaşevlarni ayovsiz kaltaklangani haqidagi xabarlardan hayratga tuşdik.
Ma'lumotlarga köra, jamoa rahbari Ahror Ergaşev va murabbiy Nodir Qöziboyevlar klub muvaffaqiyatsizliklarining aybdori sifatida ikki himoyaçini “öyinni sotganlikda” ayblab, keskin va qonunga xilof ravişda çora körganlar. Har ikki futbolçi hozirda turli darajadagi tan jarohatlari bilan kasalxonada davolanmoqda.
Biz, voqeaga oydinlik kiritiş maqsadida futbolçilar Tursunboy Husanov hamda Hasanboy Ergaşevlar bilan boğlandik.
Tursunboy Husanov: Hammasi “Labsa” bilan öyindan boşlandi
“Men “Iftixor” safiga şu yilning fevral oyida kelib qöşilganman. Mavsum boşida “Farğona hokimi kubogi”, “Andijon hokimi Kubogi” bahslarida öynadim. Jamoaga yaxşi kirişib ketdim deb öylayman. Murabbiylar bilan kelişmovçilik 7- turdagi “Labsa” bilan bölgan mağlubiyatli öyindan boşlandi. Nodir Qöziboyev bizni öyinni sotganlikda ayblay boşladi. Söng “Şerdor” bilan öz maydonimizda 1:1 hisobida durang öynadik, söng şu jamoaga mehmonda yutqazdik.

26 may, şanba kuni soat 17:00larda meni Oltiariqdagi taşlandiq lagerlardan biriga: “Hujjatlar bor, olib ketgin”, deb çaqirişdi. Borsam, u yerda jamoa boşliği Ahror Ergaşev, murabbiy Nodir Qöziboyev va men tanimaydigan uç-törtta yigitlar bor ekan. Borganimdan söng meni xonaga olib kirişib: “Öyin sotgansan, tan ol!” deya savolga tuta boşlaşdi.
Men: “Nima haqida gapirayapsizlar, tuşunmadim? Hayotimda bunday işga qöl urmaganman?” deganimdan söng, Ahror Ergaşev: “Aybingni böyningga qöyaman!” deya qölidagi içki işlar xodimlari foydalanadigan dubinka bilan ura ketdi. Şu darajada köp urdiki, oxiri qölidagi dubinka sinib ketdi. Oyoğim zarbalardan bir zumda şişib ketdi. Bosa olmay qoldim. Çap qöl örta barmoğim sindi. Orqa umurtqam lat yegan. Kaltaklar zarbiga boşim aylanib, könglim aynidi. Men qilmagan işimni tan olmadim. Keyin Hasanboy Ergaşevni mening oldimda bir soatça urişdi. Uni kaltaklaşayotganida bet-qölimni yuvib, maşinamga bir oyoqlab yetib oldim va Farğona ekstrenniy(Şoşilinç tibbiy yordam bölimi) kasalxonasiga bordim.










