Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Farg‘onada avtomobil gaz balloni portladi, haydovchi halok bo‘ldi
1 iyun kuni Farg‘ona shahrida Sh.Rashidov ko‘chasida joylashgan “Mig Oil Metan” MChJga qarashli avtomashinalarga metan gaz quyish shoxobchasida Qo‘shtepa tumanida yashovchi nafaqaxo‘r S.S. o‘zining “Neksiya” rusumli avtomashinasiga gaz to‘ldirayotgan vaqtida avtomashinaga o‘rnatilgan metan gaz balloni portlab ketgan.
Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabar qilmoqda.
Natijada gaz shoxobchasi ishchisi M.Sh. voqea joyida vafot etgan hamda Yozyovon tumanida yashovchi yana fuqaro I.O. jarohat bilan kasalxonaga yotqizilgan. Gaz ballonning portlash sabablari o‘rganilmoqda.
Mavzuga oid
18:20 / 23.06.2026
Qirg‘iziston va O‘zbekiston qishloqlarini almashdi
08:45 / 23.06.2026
Farg‘ona va Xorazmda narkotik moddalar qo‘lga olindi
08:24 / 04.06.2026
Farg‘onada membranali suv havzasida bir kishi cho‘kib ketdi
16:15 / 23.05.2026