Boş prokuratura huzuridagi Departament maʼlumotiga köra, holat uning Furqat tumani bölimi ötkazgan tergovga qadar tekşiruvda aniqlangan.

Tekşiruv maʼlumotlarida qayd etilişiça, «Farğona suv taʼminoti» AJning Furqat tumani bölimi xodimi X.T. «A.P.» MÇJga nisbatan içimlik suvidan noqonuniy foydalaniş holati böyiça örganiş dalolatnomasini rasmiylaştirgan.

Şunga qaramay, u fuqaro J.M.ga göyoki mazkur korxona hududidagi uning sexida 8,4 mln sömlik içimlik suvidan noqonuniy foydalaniş holati yuzasidan dalolatnoma tuzganini aytgan. Söng 2 mln söm evaziga uşbu hujjatni yöq qilib berişni vaʼda qilgan.

Departament xabarida X.T. şu tariqa 2 mln sömni firibgarlik yöli bilan qölga kiritgani bildirilgan. Uning mazkur pulni qaytargani protsessual tartibda rasmiylaştirilgan.

Rasmiy maʼlumotda xodim muqaddam sudlangani ham qayd etilgan.

Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi - firibgarlik bilan jinoyat işi qözğatilgan. Tergov harakatlari davom etmoqda.