Afg‘oniston maxsus kuchlari Tojikiston bilan chegaradagi Dashti-Archi uyezdida (Qunduz viloyati) “Tolibon” harakatining yetakchilaridan birini qo‘lga oldi. Bu haqda Afg‘oniston milliy armiyasi ma'lum qildi. 
 
Dashti-Archini jangarilardan tozalash bo‘yicha maxsus amaliyot davomida toliblar yetakchisining uyezddagi o‘rinbosari Mavlaviy Najibulla ushlangan. Uning ushlanishi tafsilotlari keltirilmagan.