Pensiya jamğarmasi Davlat pensiya ta'minoti tizimini isloh etiş Kontseptsiyasi doirasida işlovçi pensionerlarga töliq miqdorda pensiya tölaşni taklif etmoqda. Bu haqda Özbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi byudjyetdan taşqari pensiya jamğarmasi rasmiy saytida e'lon qilingan.
2018 yil 1 may holatiga Özbekiston Respublikasida 3,3 mln. nafardan ortiq pensiya va nafaqa oluvçilar mavjud bölib, bu fuqarolardan 103,1 ming nafari (yoki 3,2 foizi) pensiyaga çiqqandan söng iş faoliyatlarini davom ettirişmoqda.
Amaldagi qonunçilik talablariga asosan, pensionerlar işga joylaşgan taqdirda ularga pensiyalar 50 foiz miqdorida iş joyidan amalga oşiriladi (ayrim toifadagi pensionerlardan taşqari). Ta'kidlaş lozimki, bugungi kunda uşbu tartib jahon amaliyotida boşqa davlatlarda mavjud emas.
2017-2018 yillarda hududlarda ötkazilgan sayyor uçraşuvlar hamda fuqarolardan kelib tuşayotgan murojaatlar tahlili şuni körsatmoqdaki, işlovçi pensionerlarga 50% miqdorda pensiya tölaş tartibi ularni pensiyaga çiqqandan söng norasmiy ravişda iş faoliyatini davom ettirişlariga sabab bölmoqda.
Pensiya tölovlarini belgilangan tartibda amalga oşirilişi yuzasidan Davlat moliyaviy nazorat boşqarmalari hamda boşqa nazorat organlar tomonidan ötkazilayotgan tekşirişlarda köplab iş beruvçilar va pensionerlar tomonidan işlayotganligi töğrisida Pensiya jamğarmasiga ma'lum qilmaganligi oqibatida töliq miqdorda pensiya olişi bilan boğliq ortiqça tölovlar aniqlanmoqda.
Öz navbatida, uşbu yönalişda ötgan yil davomida bir qator ijobiy işlar amalga oşirildi. Jumladan, 2017 yil 1 aprel holatiga 4 ta toifadagi pensionerlar (I-II guruh nogironlari, uruş qatnaşçilari, mahalla raislari va ularning diniy-ma'rifiy işlar böyiça örinbosarlari) töliq miqdorda pensiya oliş huquqiga ega bölgan. Özbekiston Respublikasi Prezidentining qator farmon va qarorlariga asosan bugungi kunda 31 ta toifadagi pensionerlar («Xalq» va «Xizmat körsatgan» faxriy unvonlariga ega pensionerlar, tibbiyot muassasalari şifokorlari, «Nuroniy» jamğarmasi, «Oila» markazi, Majburiy ijro byurosi va nodavlat-notijorat korxonalari xodimlari, sport faxriylari va boşqalar)ga töliq miqdorda pensiya oliş imtiyozlari berilib, 26,7 ming nafar (yoki 26foiz) işlovçi pensionerlarga töliq miqdorda pensiya tölanmoqda.






