MISR TeRMA JAMOASI
Laqabi: «Firavnlar»
Konfederatsiya: AFK
Libos rangi: oq-qizil
FIFA reyting örni: 45
Jamoa sardori: Essam Al-Xadari
Afrika çempioni: 7 marta (1957, 1959¸1986, 1998, 2006, 2008, 2010)
Terma jamoa tarixidagi eng köp gol urgan: Xassam Xassan (70)
Terma jamoa tarixida eng köp maydonga tuşgan Ahmad Hassan (184)
Eng yirik ğalaba: Laos 15:0 (1963)
Eng yirik mağlubiyat: Italiya 3:11 (1928)

Tarixi

Misr öz tarixida atigi ikki marotaba jahon çempionatida qatnaşgan. Tabiiyki, Afrika qit'asi deganda hamma köproq, mundiallarda doimiy qatnaşib kelgan Kamerun yoki Nigeriyani köz oldiga keltiradi. Lekin öşa fir'avnlar singari, Misr futbolining tarixi ham ança avvalgi davrlarga borib taqaladi. Bemalol aytiş mumkinki, Misr boşqa köpgina sohalar singari öz qit'asida birinçi bölib futbol öynagan.

Ötgan asr boşlarida, to jahon çempionatlari u qadar ommaviylaşmagan paytlarda Olimpiadadagi futbol musobaqalari ham juda katta nufuzga edi. FIFA tomonidan havaskorlar örtasidagi jahon kubogi deb e'tirof etiladigan bu turnirda, 1928 yilda Misr terma jamoasi yarim finalgaça yetib borgandi. Töğri, bu öyin deyarli bir darvozaga bölgan va Italiya terma jamoasi 11:3 hisobida ğalaba qozongan. Ammo Misr öşa natijasi bilan ham tarixda qoldi – agar öşa turnirni ham jahon çempionatining «ajdodi» deb bilsak, haligaça heç bir Afrika jamoasi mundial yarim finaliga çiqa olmagan.

1934 yilgi jahon çempionatida ham Misr qatnaşdi. Umuman mundialda qatnaşgan ilk Afrika terma jamoasi ham Misr böldi. Birinçi raundda Vengriya terma jamoasiga qarşi öyin 2:4 hisobida yevropaliklar foydasiga hal böldi.

Ikkinçi uriniş esa, oradan yarim asrdan köp vaqt ötib, Italiyada ötgan 1990 yildagi jahon çempionatiga töğri keldi. Öşanda misrliklar guruhda qolib ketgan bölişsada, yomon taassurot qoldirişmagandi. Juda kuçli guruhga tuşib qolgan misrliklarga Yevropaning uç kuçli jamoasi – Niderlandiya, Angliya va Irlandiya raqib bölgandi.

Foto: Livesport