Toşkent şahar boş imom-xatibi lavozimida köp yillardan beri faoliyat yuritib kelgan Anvar qori Tursunov betob ekanligi haqida avval xabar berilgan edi. KUN.UZ Anvar qorining ahvoli qanday ekanligi bilan qiziqdi. Bunga ijtimoiy tarmoqlarda u kişi haqidagi turli nojöya gap-sözlar tarqalgani ham sabab böldi. 

Anvar qori Tursunovning örinbosari va «Islom ota» jome masjidi imom xatibi Jasurbek qori Raupovning aytişiça, Anvar qorining ahvoli avvalgiga nisbatan biroz yaxşilangan. U hozirda koma holatida emas va muolajalar hali ham davom etyapti.

Şu bilan birga, Özbekiston Musulmonlar idorasi Toşkent şahar vakilligi matbuot xizmati ham Anvar qori Tursunovning ahvoliga doir bayonot berdi. 

“Bugun ijtimoiy tarmoqlarda, norasmiy axborot sahifalarida Anvar qori Tursunovning vafot etganliklari haqida mutlaqo asossiz va yolğon xabar tarqatildi. Özbekiston musulmonlari idorasi Toşkent şahar vakilligi ma'lum qiladiki, ayni damda ustoz Anvar qori Tursunov hayotlar. Ma'lumki, ustozimiz bundan bir neça kun oldin insult kasali bilan şifoxonaga yotqizilgan edilar. Hozirda şifoxonada muolaja olişda davom etmoqdalar. Aziz yurtdoşlarimizga tarqatilayotgan xabarlarga tekşirmasdan işonib ketavermasliklarini iltimos qilamiz. Ustozimizga bu muborak kunlarda Alloh taolodan mukammal şifo sörab qolamiz. Duolaringizdan umidvormiz”, - deyiladi matbuot xizmati bayonotida.

KUN.UZ sayti Anvar qori Tursunovning tezroq soğayib ketişini tilab qoladi.