
Özbekiston musulmonlari idorasi mömin-musulmonlarning diniy mazmundagi savollariga tez va qulay ravişda javob olişlarini ta'minlaş maqsadida, interaktiv va innovatsion xizmatlarni öz içiga olgan www.fatvo.uz saytini işga tuşirdi. Bu haqda idora Axborot xizmati xabar qilmoqda. Ta'kidlanişiça, mazkur sayt diniy savol-javob yönalişida eng zamonaviy xizmatlarni özida mujassam etgani bilan alohida ahamiyatga egadir.
Endilikda, uşbu saytdan foydalanuvçilar şar'iy masalalarga oid öz savollarini saytning «Savol yuboriş» bölimi orqali yöllaşlari mumkin. Savol matniga audio, video va suratlarni ilova sifatida taqdim etiş imkoniyati ham taqdim etilgan. Berilgan savollarga fatvo sohasida yetarli bilim, tajriba va yuqori malakaga ega bölgan mutaxassislar tomonidan batafsil javoblar qaytariladi.
Saytda «Aqida», «Poklik», «Namoz», «Röza», «Haj va Umra», «Nikoh», «Taloq», «Savdo va tijorat», «Qasam va nazr», «Ijara», «Halol-harom», «Ruhiy tarbiya» va şu kabi dolzarb ruknlar ostida javoblar e'lon qilib boriladi. Kutubxona bölimida diniy mazmundagi kitob va risolalar joylab boriladi. Media qismida ulamolarning diniy savollarga bergan video va audio javoblari joylaştirilgan.
Foydalanuvçilar «Izlaş» tugmasi orqali özlari uçun zarur bölgan mavzulardagi mavjud şar'iy savol-javoblarni topib, mutolaa qilişlari mumkin.
2020 yil 10 mart kunidan e'tiboran mazkur sayt test rejimida öz iş faoliyatini boşladi.
Xabarda ta'kidlanişiça, kelgusida uşbu saytni fatvo va şar'iy masalalar yönalişida qomusiy manbaga aylantiriş niyati mavjud.
















