Vabo singari yuqumli va hayot uçun xavfli kasalliklar borasida Islom ta'limoti qanday?
|19:45 / 13.03.202064 1038 min
Vabo va şu kabi tez tarqaladigan kasalliklar çiqqan joyga kirilmaydi va qattiq zarurat bölmasa, u yerdan çiqib ketilmaydi. Tibbiy soha vakillari körsatmalariga töla amal qilinadi. Ibodatlar va istiğfor köpaytiriladi.
Foto: KUN.UZFoto: KUN.UZ
2020 yil boşidan dunyo afkor ommasini bir xabar jiddiy taşvişga solmoqda – bu koronavirus pandemiyasi. Avval boşda unçalik e'tibor berilmagan hamda mutasaddilar tomonidan jiddiy qabul qilinmagan kasallik bugungi kunda dunyoning 100dan ortiq mamlakatida «böy körsatdi». Butunjahon soğliqni saqlaş taşkiloti, barça davlatlarning tegişli vazirliklari virusdan himoyalaniş böyiça öz tavsiyalarini bera boşladi.
Xöş, Islom dinida şu kabi xastaliklar mavzusi muolaja qilinganmi? Özbekiston Musulmonlari idorasi rasmiy veb-sahifasida ayni şu masala böyiça Islom ta'limotiga doir maqola e'lon qilindi. Quyida mazkur maqola bilan tanişişingiz mumkin.
Korona virus (COVID-19) kasalligi şiddat bilan tarqalib uning geografik hududi kengayayotgan va odamlar orasida uni yuqumli kasallik ekanligi vahimasi kuçayayotgan paytda dunyo islom ulamolari bu kasallikning şar'iy muolajalarini eslatmoqdalar.
Bunday holatlarda musulmon kişi Alloh taoloning taqdir qilgani yuzaga çiqişiga qattiq işongan holda, kasallikdan saqlaniş çora tadbirlarini köradi. Vabo va şu kabi tez tarqaladigan kasalliklar çiqqan joyga kirilmaydi va qattiq zarurat bölmasa, u yerdan çiqib ketilmaydi. Tibbiy soha vakillari körsatmalariga töla amal qilinadi. Ibodatlar va istiğfor köpaytiriladi. Mana şu şartlarga amal qilib, vabo, ölat va şu kabi kasalliklardan vafot etgan mömin-musulmonlar şahidlik martabasini topadilar.
Alloh taolo Qur'oni karimda şunday marhamat qiladi:
ya'ni: “Albatta, bu vabo – Alloh u bilan sizdan avvalgi qavmlarni halok qilgan azobdir. Yer yuzida undan bir ozi qolgan. Gohida keladi, gohida ketadi. Agar bir yerda vabo paydo bölsa, u yerdan çiqib ketmanglar. Agar bir yerda vabo borligini eşitsangiz, u yerga bormanglar” (Imom Ahmad rivoyatlari).
Madinaga hijrat qilingandan keyin bir muddat ötgaç, Abu Bakr va Bilol raziyallohu anhumoni isitma (bezgak, vabo) tutdi. Bu haqda Payğambarimizga xabar berilganda, U Zot alayhissalom vaboning kötarilişi va Juhfa degan joyga ketişini sörab duo qildilar. Alloh taolo U Zotning duolarini qabul qildi (Imom Bayhaqiy rivoyatlari).
Vabo va ölat (epidemiyalar) sababidan vafot etgan musulmonlar haqida Payğambarimiz alayhissalom şunday deganlar:
ya'ni: “Vabo – har bir musulmon uçun şahidlikdir” (Imom Buxoriy rivoyatlari).
Tarixda Yusuf alayhissalom Misr azizi (vaziri)ning ayoli uni zinoga çorlagan paytda eng avvalo Alloh taolodan panoh söragan. Maryam onamizga Jabroil alayhissalom odam qiyofasida köringanida u zot ham eng avvalo: “Men Rahmondan sendan panoh berişini sörayman”, – dedilar. Demak, musulmon kişi biror musibatga yöliqsa, avvalo Alloh taolodan bu balolarni daf qilişini, maşaqqatlarni yengillatişini sörab duo qilişi lozim böladi. Bandaning boşiga keladigan kasalligu taşvişlarning barçasi Alloh taoloning taqdiri ilohiysidir. Payğambarimiz sallallohu alayhi vasallam:
ولا يرد القدر إلا الدعاء ... (رواه الامام ابن ماجة عن ثوبان)
ya'ni: “Qazoi qadarni duogina qaytaradi”, – deganlar (Imom ibn Moja rivoyatlari). Duoni ijobat bölişi uçun avvalo insonning luqmasi halol bölişi, duosining qabul bölişiga qat'iy işonişi va duo ijobat böladigan muborak vaqtlarni e'tiborga olişi lozim.
Qur'oni karim insonning hissiy va ma'naviy kasalliklariga şifo böladi. Alloh taolo Isro surasinig 82-oyatida şunday marhamat qilgan.
Insonning iymon e'tiqodi qança kuçli bölsa, Qur'oni Karimning şifosi ham şunça ziyoda böladi. Bu borada Alloh taolo Fussilat surasinig 44-oyatida şunday marhamat qilgan.
{قُلْ هُوَ لِلَّذِينَ آمَنُوا هُدًى وَشِفَاءٌ}
ya'ni: “U (Qur'on) iymon keltirganlar uçun hidyat va şifo” deb ayt”.
Qur'oni Karimning barçasi şifo bölib, xususan Oyatal Kursiy, Fotiha, Ixlos, Falaq va Nas suralari bilan davolanişni ulamolarimiz tavsiya qilişgan. Xususan Ixlos, Falaq va Nas suralarini ertalab va keçqurun uç martadan öqib yursa barça kasallik va balolarni daf qilişga yetarli böladi.
ya'ni: “Kim Baqara surasining oxirgi ikki oyatini tunda öqisa, unga yetarli böladi”, – dedilar (Imom Buxoriy rivoyatlari). Ya'ni, bu oyatlarning barakasidan Alloh bandasini turli balo-ofatlardan asraydi.
Kişi beş vaqt namoz öqib yurişi, xususan bomdod namozini jamoat bilan ado qilişda bardavom bölsa, turli kasalliklardan omonda böladi.
Imom Muslim rivoyat qilgan hadisi şarifda Payğambarimiz alayhissalom:
«مَن صَلَّى الصُّبْحَ فَهو في ذِمَّةِ اللهِ...»
ya'ni: “Kim bomdod namozini öqisa u(kişi) Allohning himoyasidadir”, – deganlar. (Jundub ibn Abdulloh raziyallohu anhudan rivoyat qilingan)
Hadisi şariflarda inson biror musibat yoki kasallikka yöliqqanda öqiydigan maxsus duolar ham kelgan. Payğambarimiz alayhissalom:
ya'ni: “Kimki: “Uning ismi tufayli yeru osmonda biror narsa zarar bera olmaydigan Allohning nomi bilan panoh sörayman. U öta eşituvçi va biluvçi zotdir”, – deb uç marta aytsa, unga biror narsa zarar bermaydi”, – dedilar. (Imom Abu Dovud va Imom Termiziy rivoyatlari).
Banda zikr va istiğforni köp aytişi uning turli balo qazolardan omonda bölişiga sabab böladi. Alloh taolo “Anfol” surasida şunday marhamat qilgan:
ya'ni: “Modomiki, ular istiğfor aytar ekanlar, Alloh ularni azoblovçimas”.
Demak, yuqoridagi kabi balo-ofatlar tarqalganda bandalar yanada ibodat, zikru tasbehga, istiğforga zör berişlari, katta jamoatlarda, ayniqsa juma namozlarida duo qilib, Alloh taolodan ofiyat söraşlari kerak böladi. Alloh taolo dunyodagi mömin-musulmonlarni, jumladan yurtdoşlarimizni turli balo-ofatlardan panohida asrasin.