Yozuvçi, boş oşpaz va teleboşlovçi Entoni Burden öz joniga qasd qildi, deb xabar bermoqda CNN.
Burden 61 yoşda bölgan. Telekanalning rasmiy xabarida u sarguzaştlarga, döstlari bilan birga dam olişga, yaxşi taomlarni tayyorlaşga alohida mehr qöygani aytiladi. «Uning iste'dodli jihatlari bizni hayratda qoldirardi, uni juda soğinamiz», - deyiladi kanal oçiq xatida.
Burden Fransiyada öz joniga qasd qilgan, u bu yerga özining Parts Unknown şousi suratga oliş işlari uçun kelgandi. Uni yaqin dösti, fransiyalik boş oşpaz Erik Riper Burdenni mehmonxona xonasida huşsiz holatda topgan.
Entoni Burden taomlar va sayohatlar haqidagi Parts Unknown şou ustida 2013 yildan beri işlayotgandi, dastur köplab sovrinlarni qölga kiritgan. Şuningdek, u milliy ozçilik va umumiy ovqatlaniş muassasalari xodimlari huquqlarini himoya qiliş bilan şuğullanardi.








