Özbekiston terma jamoasining 33 yoşli sobiq hujumçisi Aleksandr Geynrix «Oqtöbe» klubi boşliği qilib tayinlandi, deb xabar beradi KazFootball.kz.
Şu yil faoliyatiga yakun yasagan Geynrix klubda seleksioner-murabbiy bölib işlab kelayotgan edi. Endi u yuqori lavozimga tayinlandi.
Eslatib ötamiz, Aleksandr Geynrix futbolçilik faoliyatini 2001 yili «Döstlik» klubida boşlagan. Keyinçalik, Toşkentning «Paxtakor» va «Lokomotiv», Moskvaning TsSKA va «Torpedo», Janubiy Koreyaning «Suvon Samsung Blyuvings», BAAning «Emireyts», Qozoğistoninng «Oqtöbe» va «Ördabasi» klublarida töp tepgan.
Özbekiston terma jamoasi tarkibida 97ta öyinda maydonga tuşib, 31ta gol urgan.











