Gulnora Karimovaning Şveytsariya banklarida muzlatilib qöyilgan 800 million Şveytsariya franki (810 million AQŞ dollari) miqdoridagi pulning bir qismini Özbekistonga qaytariş masalasi ijobiy tomonga hal bölayotganini yozadi EurAsia Daily. Bu haqda onlayn naşrga Toşkent va Bern örtasidagi muzokaralarga aloqasi bor şveysariyalik mulozim anonim şartlarda ma'lum qilgan.

«Muzokaralar ança uzoq davom etib kelmoqda. Mazkur pullarga bir neça da'vogarlar bor. Ularning eng birinçisi Özbekiston hukumati bölsa, ikkinçisi — AQŞ va uçinçisi Zeromax kreditorlaridir. G.Karimova va uning gumaştalari moliyaviy nayranglarini AQŞ dollarida olib borgani, boz ustiga AQŞ bank tizimidan foydalanganini da'vo qilayotgan Amerika moliya vazirligi pullarning bir qismiga ega çiqişi mumkin. Zeromax kreditorlari hozirça tergovga bu kompaniyaning asl egasi G.Karimova bölganini isbotlab berişa olgani yöq, şu sababli ularda amalda bu pullarning qandaydir bir qismini bölsa-da qölga kiritiş uçun imkoniyat qolmagan», — deydi şveysariyalik mulozim.

Şveytsariya prokuraturasi jinoiy iş doirasida hali tergov davom etayotganini vaj qilib, matbuot xizmati mazkur işning tafsilotlarini oşkor etişdan boş tortdi. Şveytsariya taşqi işlar vazirligi federal departamenti ham tergov tugamaganini rökaç qilib, şarh berişni rad etgan.

Eslatib ötamiz, 2017 yilning 28 iyulida Özbekiston Respublikasi Boş prokuraturasi özining rasmiy saytida Gulnora Karimovaning taqdiri bilan boğliq ma'lumotlarni e'lon qilgan edi.

Öşanda G.Karimova a'zo uyuşgan jinoiy guruhning aktivlarini aniqlaş va ularni Özbekistonga qaytariş böyiça tezkor-tergov tadbirlari davom ettirilayotgani ma'lum qilingan edi.