Volgogradda katamaranning “Kapitan Veçerkin” teploxodi tortib ketayotgan barja bilan töqnaşuvi oqibatida 10 kişi halok böldi, yana bir ayolning taqdiri noma'lumligiça qolmoqda.
Qutqaruvçilar katamaranni közdan keçirib çiqib, 6 ayol va 4 erkak halok bölganini ma'lum qilişgan. Katamarandagi yölovçilarning bir qismi mast holatda bölgan.
Voqea 12 iyunga ötar keçasi Volgograd daryo porti yaqinida yuz bergan. Teploxod qirğoqdan 250 metr nariroqda ikkita barjani tortib ketayotgan bölgan. Katamaran şu barjalardan biriga urilgan.
Ta'kidlanişiça, katamaran egasi uni tegişli idorada qayd qilmagan bölgan. Öz navbatida Rosmorreçflot taşkilotida katamaran kemaçilik uçun tegişli hujjatlarga ega bölmagani ma'lum qilingan. Şuningdek, katamaran voqea vaqtida çiroqlarsiz harakat qilayotgan bölgan hamda undagi yölovçilarning birortasida qutqaruv jileti bölmagan.













