Hodisadan oldingi vaziyat

1970-yillarda SSSRda eng qimmat avtomobil “Volga GAZ-24” lotereyaga yutuq qilib qöyilardi. Hukumat GAZ-24ni lotereyaga qöyib juda katta foyda olardi. Çunki arzimagan 30 tiyinlik lotereyani sotib olib, 20-25 ming rubl narxlanadigan avtomobil yutişni xohlaydiganlar juda köp edi.

1977 yilda SSSRda şov-şuvli qotilliklardan biri sodir böladi. Sabzavot omborining rahbarini olib yuradigan haydovçi, uning onasi va bolasini qotillik alomatlari bilan topişadi.

Qotillik tafsilotlari

1977 yil qiş kunlarining biri, tungi soat 2:00 lar atrofida Moskvadagi militsiya bölimining navbatçilik qismida telefon jiringlaydi. Xodim göşakni kötarganida ğazablangan kişi qöşnisinikida şovqin bölayotgani va uxlaşga imkon berişmayotganidan şikoyat qiladi.

Manzilga yetib borgan militsiya xodimlari qöşnining uyi qulflanmaganini körib hayron bölişadi. Içkariga kirgaç, qonga belanib yotgan uçta jasadga duç kelişadi. Jasadlarning şaxsi aniqlanganda, ular uy egasi Vadim Parfenov, uning keksa yoşdagi onasi va tönğiç öğli Anton Parfenov ekani oydinlaşadi.

Militsionerlar kvartirani közdan keçirayotib xonalarning birida yiği ovozini eşitib qolişadi. Divanni kötarib qaraşganda uning ostida yoş bola yiğlab ötirgan edi.

Militsiya xodimlari divan ostidan lotereya çiptalari va 7 ming rubl pul solingan paket ham topişadi. Bola Vadim Parfenovning 5 yoşli öğli Aleksey Parfenov edi.

Aleksey juda qattiq qörquvdan gapira olmas, tinmay yiğlardi. Militsiya yetib kelgança bola divan ostidan çiqmoqçi bölgan, biroq örindiqni kötara olmagan. Jumboq şu ediki, bola divan ostiga qanday kirib qolgan yoki kim kiritib qöygan?

Bola biroz tinçigandan söng otasi va akasi bilan bekinmaçoq öynaganini aytadi. Akasi Anton teskari qarab sanayotganda Alekseyning divan ostiga yaşirinişiga otasi yordam bergan. Aleksey yaşiringan mahal eşik qönğiroği jiringlagan.

Noma’lum kimsa kirib Vadim Parfenovga “Lotereya çiptasida muammo bor. Xöjayin menga pulni qaytarib olişni buyurdi”, deydi. Söng oila boşliğidan pullarni qaytarişni talab qiladi.

Noma’lum kimsaning talabini eşitgan Vadimning onasi militsiyaga qönğiroq qiliş uçun telefonga yopişadi. Biroq noma’lum şaxs uni piçoqlaydi. Söng guvoh qoldirmaslik uçun Vadim va Antonni ham öldiradi.