BMT Boş assambleyasi Isroilning Ğazo sektoridagi harakatlarini qoralovçi rezolyutsiyani qabul qildi.
Hujjat 120 davlat tomonidan qöllab-quvvatlandi, sakkiztasi qarşi ovoz berdi, 45tasi - betaraf qoldi. Ta'kidlanişiça, qabul qilingan rezolyutsiya loyihasi AQŞ BMT Xavfsizlik kengaşida qabul qilinişini bloklab qöygan hujjatga öxşaşdir.
Rezolyutsiya Isroildan Falastin tinç aholisiga qarşi «öta kuçli, noproporsional va tanlovsiz» kuçni qöllaşdan tiyilişni talab qiladi.
Bundan taşqari, BMT Boş assambleyasi mintaqada «darhol, mustahkam va töla rioya etiluvçi öt oçişni töxtatiş rejimini ta'minlaş uçun tezkor harakatlarga» çaqiradi.
Eslatib ötamiz, avvalroq Isroil armiyasi falastinlik 4 şaxsni öldirgani, 618 kişi jarohat olgani xabar berilgandi.














