Muqaddas Ramazon oyi ortda qoldi. Bu oyda amalga oşirilgan barça yaxşi amallar keyingi oylarda ham insonga kuç-quvvat va ilhom bağişlab turadi. Inson yil davomida Ramazon oyidan olgan ma'naviy foydalari sabab, öz hayotida yaxşiliklarni köpaytiradi, özgalarga ham yaxşilik ulaşişda bardavom böladi.
Bugun butun dunyo mömin-musulmonlari qatori Özbekiston ahli ham Hayit bayramini kutib oldi. Bu bayram möminlar uçun quvonç kunidir. Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam) ummatga Islomning ikki uluğ bayrami xabarini berganlar: “Alloh taolo sizlar nişonlaydigan bu (johiliyatdan qolgan) ikki bayram örniga yanada xayrliroğini – Ramazon va Qurbon bayramlarini hadya etdi” (Abu Dovud rivoyati). Payğambarimiz (sollallohu alayhi vasallam) sunnatlariga muvofiq bayram kunlarida möminlik axloqiga xos bölgan musulmonlar bilan salomlaşiş, diydorlaşiş, bir-birlarini qutlaş, mehr-oqibat va saxovat körsatiş kabi fazilatlar yorqinroq namoyon böladi.
Bu kunda qilinajak işlarga Hayit namozidan söng ota-ona va farzandlarga sovğa ulaşiş, döst-birodarlarni bayram bilan qutlaş, qarindoşlar holidan xabar oliş, bemorlarni yöqlaş, ularga bayram hadyalari ulaşiş, xullas, inson könglini Alloh roziligi uçun kötaradigan har qanday yaxşi amallar kiradi.
Ammo şuni unutmaslik kerak-ki, Hayit bayramida köngilni xira qiladigan, kayfiyatni tuşuradigan, bid'at bölgan işlarni bajarmaslik kerak. Masalan, ta'ziya oçiş, isrofgarçiliklarga yöl qöyiş, nikoh töylari ötgan oilalardagi “yangi hayit”, “hayit yöqlovi” kabi marosimlar bid'atdan boşqa narsa emas. Unga ketadigan mablağlarni va ne'matlarni muhtojlarga, faqir-miskinlarga, yetim-yesir, beva-beçoralarga tarqatiş eng xayrli iş böladi.
Bu kun özgaça kun. Bu kun keksalarning duosi ila fayzli, bu kun bolalarning kulgisi ila quvonçli, bu kun qilingan xayrli amallar sabab xotirjamlikda. Mana şunday damlar vatanimizning har kunida yaşasin, har kunida balq urib tursin.
KUN.UZ tahririyati barça yurtdoşlarimiz va xorijda yurgan özbekistonliklarni kirib kelgan Hayit bayrami bilan qutlaydi. Yurt farovonligi davomiyligini, xonadonlarda qut-baraka, tinçlik-xotirjamlik bölişini va keyingi yil ham muqaddas Ramazon oyini eson-omon kutib olişlikni tilaydi. Hayit – barçaga muborak bölsin!







