AQŞ mudofaa vaziri Jyeyms Mettis Janubiy Koreya va Yaponiyadan bölgan hamkasblari bilan mintaqadagi vaziyat hamda Singapurda taşkillaştirilgan AQŞ-KXDR sammiti yakunlarini muhokama qildi. Bu haqda Pentagon matbuot kotibi Dana Uayt bayonotida aytiladi.
«Qöşma Ştatlar Yaponiya oldidagi özining buzilmas mudofaa majburiyatlari va kuçlarning mintaqadagi jangovar tayyorgarligini qöllab-quvvatlaşga qat'iy bel boğlaganini yana bir bor tasdiqladi. Ular (mudofaa vazirlari - tah.) mintaqaviy tinçlik hamda barqarorlikni ta'minlaş yölida qalin hamkorlik qilişga va'da berişdi», - deyiladi xabarda.
Janubiy Koreya mudofaa vaziri Son Yon Mu bilan muloqotda qöşma harbiy maşqlar masalasi ham muhokama qilingan.
«Vazir Mettis va vazir Son amalga oşirilayotgan diplomatik sa'y-harakatlarga birgalikda qöllab-quvvatlov taqdim etişni muhokama qildi. Bunda prezidentning AQŞ va Janubiy Koreya qöşma harbiy maşqlari böyiça körsatmalarini bajariş uçun birgalikda işlaş ham körib çiqildi. Vazir Mettis AQŞ va Janubiy Koreya ittifoqi buzilmas ekanini tasdiqladi. Har ikki tomon ham mintaqaviy tinçlik hamda barqarorlik yölida qalin hamkorlik qilişga kelişib oldi», - deya qöşimça qilib ötdi u.
Eslatib ötamiz, avvalroq Xitoy, Yaponiya va Janubiy Koreya KXDR böyiça yagona pozitsiyaga ega ekani xabar qilingandi.











