Yaponiya Janubiy Koreyaga Tokto bahsli orollari yaqinidagi harbiy maşqlar tufayli protest bildirdi. Bu haqda NHK telekanali xabar qilmoqda.

Maşqlar bugun, duşanba kuni boşlanadi va ikki kun davom etadi, ularda oltita kema hamda yettita samolyot qatnaşadi. Tokto orollari yaqinidagi maşqlar bir yil ikki marta ötkaziladi, avvalgi marotaba ular 2017 yilning dekabrida bölib ötgandi.

Yaponiya Taşqi işlar vazirligi diplomatik kanallar orqali Janubiy Koreya hukumatiga bahsli hududlar yaqinidagi maşqlar «qabul qilib bölmas» ekani haqida ogohlantiriş bilan çiqqan.

Tokio Seulga bahsli hududlar böyiça masalani BMT xalqaro sudiga olib çiqişni taklif qilgan, biroq Janubiy Koreya Toktoni tarixan, geografik va yuridik jihatdan öz hududi, deb hisoblaydi.

Eslatib ötamiz, avvalroq Yaponiya qiruvçilari yölovçi samolyoti bilan töqnaşib ketişiga bir baxya qolgandi.