Yaponiya harbiy-havo kuçlarining ikkita F15 qiruvçisi qönişga çoğlanayotgan yölovçi samolyoti bilan töqnaşib ketişiga bir baxya qoldi. Bu haqda «Kiodo» agentligi xabar bermoqda.

Hodisa 16 iyun kuni Okinava orolidagi Naxa şahri aeroportida yuz bergan. Birinçi qiruvçi uçuvçisi uçiş-qöniş yölagiga qarab harakatlanişni taqiqlagan dispetçer ovozini eşitmagan. F-15 yölakka çiqqanida esa, 300 metrlik balandlikda parvoz qilayotgan yölovçi samolyoti qönişga çoğlanayotgan edi.

Şunda dispetçer fuqarolik layneri uçuvçilariga qönişni taqiqlaydi. Oradan bir qança vaqt ötib, har ikki qiruvçi parvoz qildi, hamda yölovçi samolyoti muvaffaqiyatli ravişda qöngan.

Agentlik ma'lumotlariga köra, Transportdagi xavfsizlik böyiça milliy qömita voqea yuzasidan suriştiruv işlarini boşlagan.