"Huquq" gazetasining 14 iyundagi sonida xabar berilişiça, Samarqandda sun'iy abort yöli bilan tuğilgan çaqaloqlar savdosi bilan şuğullangan N.S. boşqaruvidagi tuğuruqxona aniqlangan, deb yozmoqda Uznews.
 
Şifoxona boşqaruvi xodimlari tirik tuğilgan çaqaloqlarni soxta hujjat bilan 500 AQŞ dollaridan 2000 AQŞ dollarigaça bölgan miqdorda farzandsiz oilalarga pullaşgan.
 
Sotilmay qolgan gödaklar qarovsiz qoldirilib, nobud qilingan. Kiçkintoylarning jonsiz tanalari esa tibbiy çiqindilarni yoqişga möljallangan mufel peçida yoqib yuborilgan.
 
Mazkur holat böyiça viloyat prokuraturasi tomonidan Özbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining bir qança moddalari bilan jinoyat işi qözğatilgan.
 
Joriy yilning fevral oyi oxirida jinoyat işlari böyiça Samarqand viloyati sudining binosida şifoxona ma'muriyati hamda xodimlariga hukm öqilib, şifoxonaning boş şifokori N.S. 13 yil-u 2 oyga ozodlikdan mahrum etilgan.
 
Bundan taşqari, ozodlikdan mahrum etiliş körinişidagi jazo tuğuruqxonaning boşqa xodimlariga nisbatan ham qöllanilgan.