Özbekiston Markaziy banki xorijiy valyutalarning sömga nisbatan yangi qiymatlarini e'lon qildi  — 18 iyundan bir dollar 7883.99 sömni taşkil etadi. Ötgan seşanbadagi kurs bilan taqqoslaganda, AQŞ valyutasi bir haftada 25.38 sömga qadrsizlandi.

Şuningdek, 1 yevro kursi 155.21 sömga pasayib, 9150.95 sömga tuşgan, 1 rubl kursi 1.83 sömga arzonlaşib, 124.89 sömni taşkil etmoqda.

Özbekistonda 2017 yil 5 sentabrda valyuta liberalizatsiyasi boşlanganidan beri dollar hali heç bu qadar pastga şönğimagan edi. Umuman olganda, dollar kursi may oyining boşida bir marta 3 tiyinga oşgani hisobga olinmasa, 13 fevraldan beri faqat qulayapti.

Markaziy Bank ma'lumotiga köra, dollar kursining pasayişiga Özbekiston Markaziy bankining valyuta birjasidagi yangi intervensiya strategiyasi ta'sir qilmoqda. Şu tufayli sömning qadri juda faol ösmoqda.