Joriy yilning 27 iyun kunidan boşlab Moskva birjasining valuta bozorida özbek sömi, arman drami va Janubiy Afrika randi böyiça savdolar boşlanadi.

“Yangi valutalar bozorning professional iştirokçilari, ularning mijozlari – jismoniy va yuridik şaxslarning, şu jumladan taşqi iqtisodiy faoliyat sub’yektlarining savdo imkoniyatlarini kengaytiradi”, deyiladi xabarda.

Treyderlar va ularning mijozlari quyidagi valuta juftliklari uçun spot va almaştiriş vositalaridan foydalanişlari mumkin:

  • Janubiy Afrika randi — Rossiya rubli (ZAR/RUB);
  • AQŞ dollari — Janubiy Afrika randi (USD / ZAR);
  • Arman drami — Rossiya rubli (AMD/RUB);
  • AQŞ dollari — Arman drami (USD/AMD);
  • Özbek sömi — Rossiya rubli (UZS/RUB).

BAA dirhami — Rossiya rubli (AED/RUB) va AQŞ dollari — BAA dirhami (USD/AED) valuta juftliklari böyiça savdolarning boşlanişi esa keyinroq e’lon qilinişi aytilgan.